23:13 / 30.07.2022
17919

«Liverpul» «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogi sohibi bo‘ldi

Angliya Superkubogi doirasidagi «Liverpul» hamda «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Foto: Getty Images

Lesterdagi «King Pauer» stadionida kechgan bahsda Aleksander-Arnold hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda «shaharliklar» debyutanti Xulian Alvares hisobni tenglashtirdi – 1:1.
 
83-daqiqada esa Muhammad Saloh penaltidan jamoasini hisobda yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Darvin Nunes 90+4-daqiqadagi goli evaziga ishonchli g‘alabani ta’minlab, «Liverpul»ga mavsumni sovrin bilan boshlash imkoniyatini berdi – 3:1.

Angliya Superkubogi. 30 iyul
Liverpul – Manchester Siti 3:1

Gollar: 1:0 – 21 Aleksander-Arnold, 1:1 – 70 Alvares, 2:1 – 83, penalti Saloh, Nunes 90+4.
Liverpul – Adrian, Aleksander-Arnold (Milner, 74), Matip, van Deyk, Roberson, Henderson (Elliott, 73), Tiago Alkantara (Keyta, 85), Fabino, Firmino (Nunes, 59), Saloh, Dias.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gyundogan, 73), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 58), Mahrez (Alvares, 58), Holand. 

Ma’lumot uchun, «Man Siti» so‘nggi marta 2019 yil ushbu sovringa ega chiqqandi, «Liverpul» esa 2006 yildan buyon ilk marta bu sovrinni yutib, 11-Angliya Superkubogiga ega chiqdi.

Mavzuga oid
Top