20:14 / 01.08.2022
5645
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qilmoqda.

Foto: CNN

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirgan.

Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yetkazishni so‘rab, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Top