18:57 / 02.08.2022
9467
Xitoy Tayvanning 100dan ortiq kompaniyalari mahsulotlarini import qilishni to‘xtatdi
Foto: EPA-EFE

Xitoy hukumati Tayvanning 100dan ortiq kompaniyalari oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Bu Taybeyga AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifiga javob chorasi sifatida izohlanmoqda.

1 avgust kuni Tayvan qishloq xo‘jalik qo‘mitasi oroldagi oziq-ovqat kompaniyalarining mahsulotlari importi to‘xtatilgani to‘g‘risida ma’lumot olgan.

Xabarda aytilishicha, “qora ro‘yxat”ga choy, quritilgan mevalar, asal va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar kiritilgan. 

Xitoy hukumati bir necha bor AQShni Pelosining Tayvanga tashrifini bekor qilishga chaqirdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nensi Pelosi Taybeyga 2 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 (Toshkent vaqti bilan 19:30)lar atrofida qo‘nishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top