«Intervyularimdan keyin ayrimlar özini yomon his qilyapti». Alişer Nikimbayev bilan oçiq suhbat
|23:19 / 03.08.202230 45815 min
Öz vaqtida ÖFAda işlagan, hozirda Qatar FAda faoliyat yuritayotgan, JÇ-2022 taşkiliy qömitasi vakili Alişer Nikimbayev bilan mundialga tayyorgarlik, Özbekiston milliy jamoasi, ÖFA va PFL faoliyati haqida gaplaşdik.
– Alişer aka, avvalo, hozirgi faoliyatingizdan savol bersam. 2022 yilgi jahon çempionati tarixdagi eng yaxşi turnir bölişi mumkinmi?
– Albatta. Bunga köp sabablar bor. Faqat ilk jahon çempionati bir şaharda bölgan — 1930 yili Urugvay poytaxti Montevideoda. Undan keyingilari kamida ikki şaharda ötkazilgan.
Bu safar ham bir hududda deyişimiz mumkin. Geografik jihatdan 5ta şahar körsatilgan ammo eng şimoliy va janubiy şaharlar örtasidagi masofa — 55 km, ya’ni 1 soatli yöl. Jamoalar uzoq yöl yurişmaydi. Masalan, Rossiyadagi mundialda Angliya milliy jamoasi Kalingradda turib, öyinlarga boşqa şaharlarga qatnagandi. 1 kun oldin yölga çiqişiga töğri kelgan. Qatarda jamoalar stadion yaqinidagi mehmonxonada turişadi. Faqat ikki jamoa şahardan çetroqda, ammo ular ham stadionga avtobusda 1 soat içida yetib kelişadi.
Bu mundial mavsum örtasida böladi. Futbolçilar jismoniy jihatdan eng yaxşi formada yetib kelişadi.
Muxlislar stadionlar orasidagi masofa yaqinligi uçun bir kunda 2ta öyinga borişlari mumkin. Aslida 4ta bahsga ulgursa ham böladi, ammo FIFA bir muxlisga bir kun uçun ikkitadan ortiq çipta sotmaydi.
Texnologiyalar borasida ham yangiliklar bor. Kiyiniş xonasida monitorlar böladi, hatto FIFA har bir jamoaga ikkitadan planşet beryapti — murabbiylar öyin paytidayoq takroriy lavhalarni turli rakurslardan körişlari, futbolçilarning qança masofa yugurgani va boşqa jismoniy imkoniyatlari haqida ma’lumot olişlari mumkin.
Şu örinda Özbekiston bilan soliştirsak. Menga aytişdiki, Superligada «Surxon» murabbiyi öyin vaqtida planşet işlatgani uçun uni çetlatişibdi. FIFA XXI asrda yaşayapti, biz esa hamon XX asrda qolib ketganmiz.
– Qatarda stadionlar qurilişida bangladeşlik, hindistonlik quruvçilar nobud bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunday ayblovlarga qanday qaraysiz?
– Stadionda işçilar ölayotganini körganim yöq. Bu haqda rasmiy manbalar ham yozişmadi. Heç kimda aniq ma’lumot bölmasa kerak. Raqamlarga e’tiborli bölişni aytardim.
Yana bir narsani tuşuniş kerakki, Qatarda 2,8 mln aholi bölsa, şularning 80 foizga yaqini — çet elliklar. Şu sabab ölim soni xorijliklar orasida köp bölişi tabiiy hol.
Mavzuga oid
– FIFA jahon çempionatini har 2 yilda ötkaziş masalasini tez-tez kun tartibiga qöymoqda. Bunga munosabatingiz?
– Menimça, bu notöğri. FIFAga moliyaviy jihatdan foyda bölişi mumkin, lekin Olimpiya öyinlari va Yevropa çempionatlari borligini unutmaslik kerak. Bu mavzu martdagi kongressda kötarilişi kerak edi, lekin indaşmadi. Demak, bu ğoya yetarliça ovoz töplay olmagan.
– 2005 yili ÖFF JÇ saralaşi pley-offida Bahraynga qarşi öyindan keyin yaponiyalik hakam xatosi sabab FIFAga xat yozgan. Buni siz yozmaganingizni ta’kidlab kelasiz. Ammo nega öşa işdan söng «FIFA» tok-şousida buni oqlab bergansiz. ÖFF xodimi bölganingiz uçunmi?
– 1:0 hisobidagi ğalabadan söng Bahraynga uçganmiz. U yerga borganimizdan söng FIFAdan javob bahsi bölmasligi, öyinlar oktyabrda qaytadan ötkazilişi borasida xat keldi.
Charter-reys bilan ortga qaytdik. Zafar Imomxöjayev körsatuvga ÖFAning bir vakili kelişini söragan. Rahbariyat meni yuborgan. Borib, ÖFF pozitsiyasini tuşuntirişga harakat qildim.
Xat yuborişga qarşi bölganman. Ammo 17 yil ötdiki, «sen aybdorsan», deyişadi. Nima ham qilamiz? Sizlar orqali bu mavzuni boşqa kötarmaslikni iltimos qilmoqçiman. Şaxsan, men qörqmayman. Lekin ayrimlar özini yomon his qilyapti.
– Kuperning milliy jamoaga olib kelinişini xato deb aytgansiz. Savolim boşqaçaroq. Ayrimlar Falastindan (0:2) uçralgan mağlubiyatda futbolçilarning sabotaj qilganini aytişadi. Bunga qöşilasizmi?
– Yöq, işonmayman. «Bunday bölmagan» deb ham 100 foiz işonç bilan aytmayman, çunki u yerda bölmaganman.
– Şu kunlarda Maksim Şatskix haqida «Ukrainada uruş bölayotgani uçun majburlikdan qaytdi» qabilida turli gaplar yangramoqda. Milliy jamoada işlagansiz, Maksni bilasiz. U şunaqa insonmi?
– Bunday gaplarga qöşilmayman. U professional. Kimgadir şunday tuyulayotgan bölişi mumkin, lekin unda 2-3 yildan beri Özbekistonda işlaş varianti bor edi.
Maks bilan qönğiroqlaşib turamiz. Unda vataniga qaytiş xohişi yöq edi, deb ayta olmayman. Qaçondir kelişi aniq edi, bunga sabab uruş emas.
– Milliy jamoa uçun milliy çempionat kuçli bölişi kerak degan fikr bor. Ayrimlar bunga boğliqmas, deydi. Sizning fikringiz?
– Milliy çempionat kuçli bölişi kerak. Çunki Maksim Şatskix, Vitaliy Denisov, Ilyos Zeytullayev va Sanjar Tursunov kabi istisnolarni inobatga olmasa, futbolçilar milliy çempionatdan çiqadi. Jamoalarimiz kuçli bölsa, milliy jamoa ham ösadi.
– Asr boşida «Paxtakor» milliy jamoa bazasi sifatida şakllantirildi. Hozir «Olimpik» loyihasi bor. Bunday loyihalarga qanday qaraysiz?
– Farqi bor. «Paxtakor»ga tayyor futbolçilar kelgan — Jeparov, Kapadze, Nikolayev, Nesterov, Koşelev. «Olimpik» esa tanilmagan, asosan, örinbosarlar jamoalarida öynaganlardan iborat.
Bu yerda meni qiziqtirayotgan savol — «Olimpik» 2024 yilgaçami yoki davom etadimi? Kelajagi qiziq. «Paxtakor» markazlaştirişgaça ham klub sifatida bor edi. Kapadze jamoasi esa faqat loyiha uçun tuzilgan. U professional klubmi? Ertaga Milliy Olimpiya qömitasi budjetlaştirişni töxtatsa, nima böladi? Natijaga erişib, Parijga bordik deylik. Los-Anjyelesga ham şu loyiha işlatiladimi? Kapadze 2028 yilgaça qoladimi yoki milliy jamoaga ötib ketsa-çi? Yana yangidan yoş yigitlar töplanadimi?
– Hozir Qatar FAda işlayapsiz. Milliy jamoasi ösdi: ispanlarni olib kelişdi, Aspire akademiyasi. Tizimli işlar samara berdimi yoki oltin avlod ham çiqib qoldimi?
– Ikkalasi ham. Avvalo, tizim. Akademiya taşkil etilganiga 20 yil bölmoqda. Ikkinçidan, Qatarning tub aholisi 300 ming kişidan iborat — Toşkentning bir tumanidan ham kam. Har doim ham yaxşi futbolçilar çiqişi imkonsiz. Mana, kördingiz, 23 yoşgaça bölgan jamoasi Toşkentda Osiyo çempionatida qanday natija qayd etdi. «Guruhdan çiqsa ham, katta gap» deb turgandik. Çiqa olmadi.
– Qatardagidek tizimni Özbekistonda ham yaratsa böladimi?
– Qatarda barça klublardagi eng yaxşi yoş futbolçilar haftasiga 5 kun Aspire'da şuğullanadi va faqat 6-kun jamoasiga qaytib, öynaydi.
Özbekistonda buni amalga oşiriş qiyin. Yaxşi öyinçilar Qoraqalpoğiston yoki vodiyda bölsa, ularni Toşkentga çaqirib 5 kun maşğulot ötkaziş oson emas. Töğridan töğri «Copy+Paste» qila olmaysiz.
Lekin yaxşi tomonlarini öylab köriş kerak. Ularda hamma yoşdagi jamoasi bir xil uslubda öynamoqda. Bizda ham şunday bölişi kerak, ammo turli uslubdagi murabbiylar boşqarişadi. Şuning uçun yoş futbolçi keyingi jamoaga ötişda yöqolib qoladi.
– Özbekiston milliy jamoasiga mundialga çiqiş asosiy planka bölişi kerakmi?
– Har doim aytaman: JÇga çiqişning ikki xil yöli bor — Janubiy Koreya va Şimoliy Koreya yöli. Janubliklar har doim qatnaşadi. Hatto JÇ-2018 saralaşida eng kuçsiz avlodi ham bizni ortda qoldirib, Rossiyaga bordi va u yerda Germaniyani mağlub etdi.
KXDR esa 2010 yili mundialga bordi, ammo hozir nima qilayotganini bilmaydi. Şuning uçun, yölni töğri tanlaş lozim. Bir marta çiqib, «böldi endi» deyiş kerak emas. Har doim JÇga olib boradigan tizim kerak.
– Xitoy Osiyo Kubogi-2023ni özida qabul qila olmasligini ma’lum qildi. Hozir da’vogarlar bor. Nega Özbekiston mezbonlik uçun kuraşa olmaydi?
– 40-50 minglik stadionlar yöq. Bu oddiy narsa emas. Hukumat darajasida hal qiliş kerak böladi. Faqat çempionat ötkazib olaylik, deyiş bilan iş bitmaydi. Töğri reja kerak.
– ÖFA va PFL haqidagi savollarga ötamiz. Superliga klublaridan badal puli olinişi qançalik töğri?
– Notöğri. Ammo bu iqtisodiy imkoniyatlarga boğliq. Bizning futbolda biznes tizimi yöq.
Birinçidan, translatsiya sotilmaydi. Bu bir kunlik masala emas. Lekin özgarişlarni köryapman. Masalan, «Sport» va «UzReport» top ligalar translatsiyalari uçun raqobatlaşmoqda. Şu raqobat özimizning futbolda ham aks etsa, yaxşi böladi.
Bugungi kunda xususiy klublarimiz faqat xöjayinning çöntagidan yaşayapti. Masalan, «Paxtakor». Katta tadbirkorlar kelişdi, ança mablağ sarflaşdi va 3 yildan söng «böldi, bizga kerakmas» deb ketişdi. Çunki pul tikib, foyda topişmadi. Va klub yana hokimiyatga qoldi.
APLdan «Nyukasl»ni olaylik. Nega saudiyaliklar bir neça yil davomida sotib olişga harakat qilişdi? Çunki bu klubdan yiliga kamida 200 mln funt sterling foyda olsa böladi. Klubning minimal bazasi bor. Bizda istalgan jamoani oling: minimal bazasi yöq, faqat xarajatlar.
– Superligada 5-6 jamoa çempionlik uçun kuraşmoqda. Bu sizga tabiiy tuyulyaptimi?
– Birinçi navbatda, «Paxtakor»ning pasayişi va boşqa klublar, jumladan, «Söğdiyona» bosqiçma-bosqiç kuçaydi. «Qizilqum»dan kutmagandim, ammo xursand qilmoqda.
– 10 yil avval OFK komissiyasi tarkibida Oliy liga klublarining infrastrukturasi, stadionlarini örganiş va talablarni belgilaş borasida kelib turardingiz. Soliştirsak, hozir klublar öşa talablarni qançalik bajargan?
– Infrastruktura böyiça katta özgariş yöq. 10 yil avval juda köp stadion qurilgan yoki rekonstruksiyadan çiqarilgan. Menimça, faqat «Turon» yangi stadionga ega böldi. Yana bir bor aytaman: hukumat yordam bermasa, klublarning özi infrastrukturasini yaxşilay olmaydi. Hamma davlatda şunday. Qatarda ham klubning özi yangi stadion qura olmaydi.
– 10dan ortiq klubimiz litsenziya oldi. OFKdan litsenziya oliş şunçalik osonmi?
– Lisenziya oliş qiyin emas. Talablar umumiylaştirilgan. Bundagi eng qiyin masala — klubning moliyaviy holati, qarzdorligi bor-yöqligi. Bizda bir tomondan klublar litsenziya olyapti, ammo ertasiga FIFAdan transferlarga taqiq kelyapti. Şunda hayron bölyapman.
Masalan, Eronning kuçli klublari futbolçilardan qarzdorlik sabab litsenziya ololmadi. Eron FA beryapti, ammo OFK bekor qilyapti. Balki bizda ham bugun-erta şunday hol bölar.
– Yaqinda bergan intervyularingizdan birida Özbekistondan kelişilgan öyinlar kamaygani haqida aytgansiz. Bu ÖFA va PFLning samarali kuraşimi yo klublarda boşqaruv yaxşilandimi?
– Töğrisini aytsam, kuraşni körganim yöq. Klublarda kelişilgan öyinlarda qatnaşadiganlarning köpçiligi ketgani sabab bölgandir. Va bunday bahslar asosan quyi ligalarda kuzatilyapti.
Futbolçilarga vaqtida maoş berilmasa, bunday öyinlar köpayadi. Maoş olmagan öyinçilar totalizatorga örganadi. Kutilmaganda birinçi bölimda futbolçini almaştirişadi, çunki şunga pul tikkan bölişadi.
– Ravşan Ermatov va ÖFA faoliyatiga qanday baho berasiz?
– Juda qiyin. Bunga sabab — professional kadrlar yetişmasligi. 100 foizga qoniqqanim yöq, buni özlariga ham aytdim.
Mana, yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatini ötkazişdi. Xatosiz emas. Kelasi yil martda Toşkentda 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida qit’a çempionati ham bölib ötadi. Köramiz. Xatolar qaytarilmasa, demak, ösiş körinadi.
– Toşkentda ötgan yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati finalida çiptalar sotuvi masalasida muammo yuzaga keldi. Bunda adolatli tizim yaratsa böladimi?
– JÇni olaylik: faqat elektron çiptalar ötadi. Onlayn sotuv va turniket masalasiga e’tibor qaratiş kerak.
Elektron çipta sotilişida nazorat qiliş mumkin. Masalan, FIFA saytiga kirib, bir öyinga 6tadan ortiq çipta sotib ololmaysiz. Limit bor.
– Bizda finalda Ravşan Ermatov 400ta, Odil Ahmedov 100ta çipta sotib olgani tanqidlarga sabab böldi.
Özimdan misol keltiraman: 2010 yil, Özbekiston — BAA öyini. Menga qönğiroq qilişdi: «Şayxontohur hokimiyatidanmiz. Bizga çipta kerak». Men aytdim: «Akalar, uzr. Çiptalar kassada». Keyin sökib ketişdi: «Bizlar mahalliy hokimiyatdanmiz. Hurmat qilmaysanlar».
Hurmat qilganimiz uçun aslida şahar hokimiyatiga berganmiz, lekin ulargaça yetib bormagan. Rahbarlarda şunday vaziyatlar bölib turadi.
– Diyor Imomxöjayev bilan köp bor ğoyibona munozaralarga kirişasiz. Yuzma-yuz gaplaşib olsanglar, bölmaydimi?
– 1,5 yildan beri bahslaşmayapman. PFL ham, özi ham qiziqmas.
Yuzma-yuz keliş? Ançadan beri gaplaşmaganmiz.
– Diyor Imomxöjayev tufayli Axbor va Abror Imomxöjayevlar bilan ham munosabatlar buzildimi?
– Bilmadim. Ular bilan ham ançadan beri uçraşmaganman.
– Bunday savol berişimga sabab, qozoq şarhlovçisi olamdan ötganida kanalingizda «qozoqlarning Axbor akasi vafot etdi» deb yozdingiz. Axbor Imomxöjayev vafotlarida heç narsa yozmadingiz?
– Buni kanalda ham kimdir söradi. Şunday javob berdim. Birinçidan, bu yangilik kanali emas. Ikkinçidan, öşa kunning özida yana bir qança tanişlarim vafot etgandi. Şular bilan band bölganman.
Bu rasmiy kanal emas. Qaçon vaqtim bölsa, yozaman. Masalan, sönggi 2-3 haftadan beri deyarli yozmayapman.
– Qatar yoki boşqa mamlakatlardan moliyaviy tomondan yaxşi takliflarga ega bölsangiz ham, Özbekistonga qaytiş istagingiz sezilib turadi. Bunga sabab vatanda işlaş xohişimi yoki özbek futbolini rivojlantiriş uçun imkoniyatingiz borligini his qilasizmi?
– Ikkalasi ham. Avvalo, bu vatan. Şu yerda tuğilganman. 1991 yildan boşlab 20 yil davomida özbek futbolida faoliyati yuritdim. Undan keyin ham yordam berganman, haligaça şunday. Odamlar bilişadi.
Qayerda işlasam ham, Özbekistondan qönğiroq qilib yordam söraşsa, doim tayyorman. Qaytamanmi yoki yöq, bu — boşqa masala.
A’zamjon Izzatillayev suhbatlaşdi,
Tasvirçi va montaj ustasi — Asadbek Kuryazov