11:10 / 08.08.2022
1998
O‘zbekistonda OIV, gepatit, sil va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun test tizimlari ishlab chiqarilishi mumkin

Joriy yil 7 avgust kuni bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi Toshkent viloyatida o‘z ishini davom ettirib, bir qator yirik investitsiya loyihalariga tashrif buyurdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tashrif yo‘nalishi bo‘ylab birinchi bo‘lib tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalari uchun biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan «Rossa» MChJ kompaniyasi ko‘zdan kechirildi

Loyihani amalga oshirish uchun 5 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi. Bu yerda zamonaviy uskunalar o‘rnatildi va tajribali mutaxassislar ishlamoqda. 2021-2022 yillardagi pandemiya davrida kompaniya SES ehtiyojlari uchun kovid tashxisini qo‘yish uchun 3,8 mln PZR-testi yetkazib berdi. 

Hukumat komissiyasi a’zolariga kompaniya yangi ishlanmalari, jumladan OIV, B va C gepatitlari, odam papilloma virusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun PZR-test tizimlari taqdim etildi.

Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda biznes uchun dolzarb masalalar ko‘tarildi, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv g‘oyalar bildirildi. 

Top