08:07 / 10.08.2022
3773
Qurilish tashkilotlari soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 45,4 mingta korxona va tashkilotlar qurilish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Foto: Kun.uz

2022 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 45,4 mingtani tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1,6 mingtaga oshdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari faoliyati kesimida bino va inshootlar qurish yetakchi bo‘lib turibdi – 25 ming 702 ta tashkilot.

Shuningdek, fuqarolik obektlarini qurish sohasida 5 ming 259 ta tashkilot, ixtisoslashtirilgan qurilish bo‘yicha 14 ming 408 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Qurilish tashkilotlari soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 9 244 ta; 
  • Toshkent viloyati – 3 945 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 3 771 ta;
  • Samarqand viloyati – 3 429 ta.
Top