2023 yilda qişloq, örmon va baliq xöjaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426,3 trln sömni taşkil etgan.
Statistika agentligi 2023 yilda qişloq, örmon va baliq xöjaliklari böyiça mahsulotlar yetiştirişda qaysi hududlar yetakçilik qilgani töğrisida ma’lumot berdi.
Unga köra, Farğonada eng köp donli ekinlar (926,7 ming tonna mahsulot), Andijonda eng köp sabzavotlar (1 772,6 ming tonna), Samarqandda eng köp kartoşka (726,3 ming tonna), Surxondaryoda eng köp poliz ekinlari (337,3 ming tonna), Andijonda eng köp meva va rezavorlar (696,8 ming tonna), Samarqandda eng köp uzum yetiştirilgan (639,2 ming tonna).
Bundan taşqari, Samarqand viloyatida eng köp göşt (tirik vaznda) yetiştirilgan (326,2 ming tonna). Samarqandda eng köp – 1 403,5 ming tonna sut olingan. Toşkent viloyatida eng köp – 1 509,7 million dona tuxum olingan.
Xorazmda eng köp – 30,9 ming tonna baliq ovlangan. Samarqandda 1 734,1 ming boş yirik şoxli qoramol bor. Qaşqadaryoda 5 027,4 ming boş qöy va eçkilar bor.

















