2023 yilning 1 iyul holatiga Özbekistonda eng köp aholi yaşaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kişi) hisoblanadi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, keyingi örinlarda Farğona (4 mln 15 ming kişi), Qaşqadaryo (3 mln 515 ming kişi), Andijon (3 mln 354 ming kişi) va Namangan (3 mln 28 ming kişi) viloyatlari turadi.

Eng kam özbekistonliklar yaşaydigan hudud Sirdaryo viloyati bölib, u yerda 905 ming kişi istiqomat qilmoqda. 

Keyingi örinlarni Navoiy (1 mln 65 ming kişi), Jizzax (1 mln 491 ming kişi), Xorazm (1 mln 971 ming kişi) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston (1 mln 987 ming kişi) egallagan.