18:21 / 12.08.2022
3912
Angliyaning ayrim rayonlarida qurg‘oqchilik e’lon qilindi

Bu mazkur rayonlarda yashovchi aholi uchun suvdan foydalanishda cheklovlar joriy etilishini anglatadi. Mamlakatda oxirgi marta 2018 yilda qurg‘oqchilik e’lon qilingan.

Foto: Ian Forsyth / Getty Images

Angliyaning ayrim qismlarida qurg‘oqchilik e’lon qilindi, deb xabar berdi Guardian gazetasi.

Xabarda aytilishicha, Angliyaning 14 rayonidan 8tasida qurg‘oqchilik e’lon qilingan. Bu mazkur rayonlarda yashovchi aholi uchun suvdan foydalanishda cheklovlar joriy etilishini anglatadi. 

"Hozirda mamlakatning ayrim rayonlarida eng quruq iyuldan keyingi ikkinchi issiq to‘lqinga duch keldik. Hukumat buning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda", - deya suv ta’minoti vaziri Stiv Dablning so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Qayd etilishicha, mamlakatda oxirgi marta 2018 yilda qurg‘oqchilik e’lon qilingan.

Bu yil Buyuk Britaniyada anomal jazirama hukm surmoqda. 9 avgust kuni Britaniya meteoxizmati mamlakatning ayrim hududlarida xavfning to‘q sariq darajasini e’lon qildi.

Mavzuga oid
Top