Turizm sohasida oliy ma’lumotli, IELTS sertifikatiga ega Elbek Öroqov Özbekistonda iş topolmagani sabab Buyuk Britaniyaga ketişga majbur bölgan. U 2 oydan beri Gildford şaharçasida qassoblik bilan şuğullanib, oyiga örtaça 2,5 ming dollar topmoqda. «Köpçilik Yevropaga keliş qiyin deb Rossiyaga ketadi, qörqişmasin, qiyinçilik joyi yöq», – deydi u Kun.uz’ga bergan intervyusida.
Elbek Öroqov Qaşqadaryoning Koson tumanida tuğilib ösgan. Qarşi davlat universitetining turizm sohasida tahsil olgan. 2024 yilning yanvar oyida Buyuk Britaniyaning Gildford şaharçasiga ketib, hozirda qassoblik bilan şuğullanmoqda. U Kun.uzʼga bergan intervyusida qanday qilib bu işga borib qolgani, qassoblik işlari, migrantlar qança pul topişi va kelgusi rejalari haqida gapirib berdi.
“Oğir yuk kötarib, hamma işni özingiz qölda bajarmaysiz”
Özbekistonda işsiz edim, çunki öqişni yangi bitirganman, aniq iş topib, joylaşa olmagandim. Uy va boşqa işlarni qilib turardik. Xorijga ketiş fikri asli yoşligimdan bölgan, lekin aynan Angliyani tanlaş xayolimda bölmagan. Öqib yurgan vaqtim Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Telegram kanalida bor edim, çet elga ketişga oid har xil e’lonlarni körardim. Bir kun közim şunga öxşagan bir e’longa tuşib qoldi, unga köra, ingliz tilini biliş kerak, qassoblik böyiça Angliyadan vakansiya çiqdi. Şundan röyxatdan ötib qöydim, harqalay özim qassoblik ham qilganman, buning ustiga IELTS ham bor edi.
Keyin [vaqt ötib] birdaniga Taşqi mehnat migratsiyasi agentligidan aloqaga çiqişdi-da, haqiqatan bormoqçiligim yoki yöqligini söraşdi. Undan keyin jarayon boşlandi, Angliyadan taklifnoma jönatişdi. Şularning hammasidan ötib, keyin Angliyaga keldik. “ABP food group” – Buyuk Britaniyadagi eng yirik iş beruvçilardan. Mamlakatda 16-17 ta joyda özining filiallariga ega. Öşa vaqtda Gildfordga köproq işçi kerak bölgan [şu bilan keyin mana şu şaharçaga kelganmiz].
Gildfordda qassoblik qilamiz, unda ham qanday? Bizning Özbekistondagidek hamma işni odam qilmaydi, 80 foizlar işni maşinalar bajaradi. Şu maşinalarga 1-2 nafar odam kerak böladi, biz şularga qöyilganmiz. Bu yerda işçilarimiz 2 toifaga bölingan: “boning hold” va “abattoir operative”. “Boning hold”dagilar göştni suyagidan ajratuvçi qassoblar hisoblanadi, ular içkarida sovuqroq joyda, muzlatkiçda işlaşadi. Biz, ya’ni “abattoir operative”lar esa jarayonning birinçi boşidagi işlarni qilamiz. Öşa hayvonning oyoği, boşi, qorni, öpka, jigar – hammasini ajratib çiqamiz. Bizga qulay tomoni şundaki, köp muzlatkiçda yurmaymiz.
Işlaş şaroitimiz yaxşi, haftasiga 5 kun 8 soatdan işlaymiz. Işimiz ertalab soat 7 da boşlansa, keçki 4 ga borib tugaydi. Hisoblab körsak, jami 9 soat böladi, örtada 1 soat ovqatlanişga ketadi. 2 marta, 9:30 va 13:30 da ovqatlanib olamiz. Hozirgi bajarayotgan işim özimizning Özbekistondagidek qiyin emas. Oğir yuk kötarib, hamma işni özingiz qölda bajarmaysiz. Lenta böladi, qiladigan işimiz lentada keladi. Oz-moz u yoq-bu yoğiga qarab, töğrilab işlasa böladi.
Özi birinçi marotaba işni boşlaganda “day off” kun böladi, 5 kun dam olasiz. Bu aprelgaça amal qiladi. Masalan, men mart oyida 2 kun dam olişimga töğri kelib qolsa yoki mazam qoçsa, boş menejerdan javob sörayman. Ruxsat bersa, dam olaman. Keyin bizning elektron dasturimiz bor, işçilarning kelgan yoki kelmagani körinadi. Şu 5 kun vaqtimiz böladi, özimizdan kelib çiqib şuni olişimiz mumkin. Apreldan keyinga esa 22 kungina mehnat ta’tili oliş mumkin böladi. Boyagi 5 kun dam olişimda ham, 22 kunlik mehnat ta’tilimda ham oylik yozilaveradi.
“Qaşqadaryodan Gildfordga borişgaça bölgan xarajatlarimizni qoplab berişdi”
[Buyuk Britaniyaga ketişga] birinçi navbatda IELTS sertifikati kerak böladi, aynan general yoki academic’mi, farqi yöq, eng kamida 4,5 ball bölişi kerak. Bundan taşqari, oddiy tibbiy körik va sil kasalligiga körik bor. Keyin oxirgi işlagan joyingizdan hujjatlarni taqdim qilişingiz mumkin, lekin bu majburiy emas. Jarayondagi eng asosiy hujjatlar: til sertifikati bilan video hisoblanadi. Iş beruvçilarga taqdim qilinadigan videoda nomzodlar gapirmaydi, bir özingiz qatnaşib, qiladigan işingizni boşdan oxirigaça körsatib berişingiz kerak böladi. 8 daqiqagaça işlaş mumkin videoni, meniki 5 daqiqa bölgan. Men töliq qöyni olib, qanday söyilişi-yu, uning bölaklanişigaça körsatib berganman.
Angliyaga kelgunimizça bizga 3 oylik viza berişdi, lekin u yerda işlaşimiz uçun elektron poçtamizga 5 yillik şartnoma jönatilgandi. Borganimizdan keyin şu yuzasidan ham xavotirlar bölgandi, kelganimizdan keyin BRP degan ID kartasi bor ekan, bu özimizning Özbekistondagi fuqarolik pasportiga töğri keladi. Şuni oldik, bu BRP bilan viza hujjatlarini töldirişimizga hojat bölmadi. ID karta 2024 yil 31 dekabrgaça amal qiladi, bu 1 yil vizasiz yaşaşimiz mumkin degani.
Özbekistonda yurgan vaqtimizda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi barça xarajatlar qoplab berilişini aytgandi. Biz Angliyaga bordik, borganimizdan keyin birdan qanday xarajatlar qilganimiz, hattoki viloyatdan Toşkentga borişimizgaça sarflagan mablağlarimizni ham söraşdi. Çekini topib bersak, öşa summalarni berişlarini aytişdi. Keyin kvitansiyalarini topib berdim, bordi-keldi, tibbiy suğurta, viza markazi hamda agentlikka sarflagan pullarimning hammasini qaytarib berişdi.
“Bu yerda hamma narsa qimmat”
Buyuk Britaniyada eng kam iş haqi soatiga 10 funt 40 pensni taşkil etadi, bu 12 dollardan sal köproq degani. Yillik 27-27,5 ming dollar böladi. Öşa oylikni bermagan kompaniya faoliyatini töxtatiş kerak böladi. Buyuk Britaniyada bunday kompaniyalar çetdan işçi yollaydimi yoki boşqami, davlatning özi bu jarayonni nazorat qiladi. Oylika kelsak, 2,5 ming dollar topsa böladi. Lekin xarajatlar ham yaxşigina.
Özim örtaça 2,5 ming dollar topaman, şundan 900 dollarini ovqat, kiyim-keçak, transport, ijaraga sarflayman. Şu bilan qölimda 1,5 ming dollar atrofida pul qoladi. Bu yerda hamma narsa qimmat. Boşida birinçi oylikka qöşib, kompaniya tomonidan kvartira bonus sifatida bepul beriladi. Keyin bir oyda kiyim-keçak, oziq-ovqat uçun qançadir miqdorda bir oylik pul ham beriladi. Bundan taşqari, uy xöjaligida kerak böladigan hamma narsalarni taşlab ketişadi. Ikkinçi oydan boşlab xarajatlaringiz boşlanadi.
“Juda xursandman, sababi uyga pul jönatib, yordam qilyapmiz”
Yaşaş bilan boğliq yoqmagan tomonlari yöq, lekin aynan ob-havosi biroz noqulayroq ekan. Masalan, ertalab quyoş çiqqan vaqtda yengilgina kiyinib çiqsangiz, yarim soatda birdan yomğir yoğib, sel kelib qolişi mumkin. Yoqqan tomonlari: hammasi vaqtida, şanba-yakşanba kuni telefon qilib, işga çaqirişmaydi. Özi kelganingizda boşida şanba va yakşanba işlay olişingiz yoki aksiligi söraladi. “Overtime” işlaşga xöp desangiz, öşa vaqtda telefon qilişi mumkin. Öşanda ham rahbarlar sizdan uzr sörab telefon qilişadi. Men boşida bunday tartibda işlamasligimni aytganman. Hammasi joy-joyida, maoşlar ham vaqtida beriladi. Juda xursandman, sababi uyga pul jönatib, yordam qilyapmiz.
Qozoğistonda ham qassoblik böyiça işlaganman, lekin u yerda qanday işlar edik? U yerda biz qöy söyganmiz, qiyinçiligi köp edi. Çunki işdan taşqari ham, bir sutkalab bölsa ham işlaganmiz. Hammasi majburiy, öşa kuni iş bölişi kerakmi, tugatilişi şart edi. Şu narsasi yoqmas edi. Angliyada esa soat 4 böldimi, hamma iş töxtaydi. Boşqa işlar qolib ketaversin, lekin 4 dan keyin iş töxtaydi. Hamma huquqlarimiz ta’minlangan. Şu örinda yana bir narsani aytib ötişim lozim, biz soliq tölaymiz. Bu soliğimiz bilan bir yil davomida kasalxonadan bepul tekşiruvlardan ötişimiz, kasal bölib qolgan vaqtimizda davlat qançadir foiz xarajatimizni qoplab beradi.
“Birinçi navbatda tilni örganiş kerak, Yevropaga keliş qiyin emas”
Köpçilik bu yoqqa keliş qiyin deb öylab, Rossiyaga borişadi. Qiyin emas, eng asosiysi til biliş kerak. Hatto, Germaniyaga boriş uçun ham B1 yoki B2 til sertifikatlari kerak. Angliyaga keliş uçun ham eng kamida B1, ya’ni 4,5 ball sertifikati kerak. Bu yerda işçi tanqis böladigan kasblar bor, u har yili yangilanadi. Buni internetdan köriş mumkin. Asosan IT, soğliqni saqlaş sohalarida iş yetişmovçiligi mavjud.
Şu birinçi navbatda tilni örganiş kerak, sertifikat bölişi kerak. Yevropaga keliş qiyin emas, dunyo böyiça köproq işçi kuçi jalb qilayotgan Germaniya, Angliya, Polşa bor. Qörqişmasin, qiyinçilik joyi yöq.
Endi bu yerda işlayman, 5 yil işlasak, bizga fuqarolik berişadi. Keyinçalik öqişimni davom ettiriş niyatim ham bor. Ötgan yili Janubiy Koreya universitetlariga magistraturaga öqişga kirgandim. Keyin ozroq mablağ yetişmagani sababli borolmagan edim. Xudo xohlasa, şu yerda ozroq işlab, balki Buyuk Britaniyaning özida ham öqişim mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Abduqodir Tölqinov.
















