Angliyaning Nortumberlend şahridagi Alnvik boği zaharli boğ hisoblanadi. Boğda 100 dan ortiq turdagi zaharli, mast qiluvçi va giyohvand moddalar östiriladi. Qiziği, boğ odamlar kirişi uçun ham oçiq hisoblanadi.
Yana boğning kiriş qismiga "Bu ösimliklar öldirişi mumkin" deb yozib qöyilgan, darvozasi kalla suyagini kesib ötuvçi köndalang suyaklar bilan bezatilgan. Boğdagi bu belgi hazil emas. Alnvik boği dunyodagi eng zaharli boğ hisoblanadi. Lekin u yerda ehtiyotkorlik bilan istalgan odam sayr qilişi mumkin.
Bu zaharli boğ 2005 yilda taşkil etilgan. "Taşrif buyuruvçilar boğga kirişidan oldin ular xavfsizlik böyiça brifing bilan tanişişi kerak", deydi boğ gidi Din Smit. Uning aytişiça, boğda biror narsani uşlaş, hidlaş va tatib köriş taqiqlanadi. Lekin şunga qaramay boğda şunçaki ketayotgan holatda ham ösimliklarning zaharli hidlari sabab huşdan ketiş holatlari bölib turadi.
Boğda ösadigan zaharli ötlardan biri böri ösimligi bölib, u akotin, neyrotoksin va kardiotoksin kabi zaharli moddalardan iborat. Lekin bu ösimlik eng yomoni emas. Eng yomoni ritsin ösimligi bölib, Ginnes rekordlar kitobida ham ritsin dunyodagi eng zaharli ösimlik sifatida qayd etilgan.
Hayratlanarlisi, boğda Buyuk Britaniya yovvoyi tabiatida uçraydigan va osongina östiriş mumkin bölgan köplab ösimliklar ham röyxatga olingan. Şundaylaridan biri uylarda ham östiriladigan rododendron butasi hisoblanadi. Rododendronning barglaridagi zaharli modda iste’mol qilinsa, insonning asab tizimiga hujum qiladi. "Lekin siz uning barglarini yeya olmaysiz, sababi juda bemaza", deydi Smit.

Boğda Buyuk Britaniyada zaharliligi böyiça ikkinçi örinda turadigan laburnum daraxti ham östiriladi. Köp odamlar bu daraxtni sariq çiroyli gullari uçun östirişadi, lekin daraxt öta zaharli hisoblanadi.

Daraxtning zaharliligi şunçalikki, agar uning biror şoxçasi polda yotgan holatda bir neça oy qolib ketsa va şunça vaqt ötib, it uni olib öynamoqçi bölsa, bundan keyin itning omon qolişi dargumon.















