Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda Pokiston tomonga tasodifan raketa uchishiga sababchi bo‘lgan ofitserlar ishdan bo‘shatildi
Ofitserlarning mas’uliyatsizligi natijasida raketa tasodifan parvoz qilgan.
Foto: PTI
Hindiston mudofaa vazirligi Pokiston tomonga tasodifan BrahMos raketasi uchishiga sababchi bo‘lgan uch nafar ofitserni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda India Today xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ofitserlarning mas’uliyatsizligi natijasida raketa tasodifan parvoz qilgan.
“Mazkur hodisa uchun uch nafar ofitser javobgarlikka tortildi. Ular zudlik bilan xizmatdan chetlashtirildi", - deyiladi mamlakat mudofaa vazirligi xabarida.
Pokiston armiyasining ma’lumot berishicha, shu yilning 9 mart kuni Mian-Channu shahri hududiga Hindiston tomondan raketa kelib tushgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Keyinroq Hindiston mudofaa vazirligi Pokiston tomonga tasodifan raketa otilganini tasdiqladi.
BrahMos raketasi 1998 yilda Hindiston va Rossiya hamkorligida ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026