23:28 / 23.08.2022
27918
Shoygu O‘zbekistonga keldi

U Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi.

Xabar qilinishicha, u Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.

"Yig‘ilishda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston hamda Belarus harbiy delegatsiyalari qatnashadi", - deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.

Mudofaa vazirlari yig‘ilishi 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top