Moskvaning Basmanniy tuman sudi 24 aprel, çorşanba kuni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanovni ikki oy muddatga, 23 iyunga qadar tergov izolyatoriga jönatdi. Şu tariqa, sud tergov talabini qanoatlantirdi. Ivanovga nisbatan katta miqdorda pora olganlik ayblovi qöyilgan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi, 15 yilgaça qamoq jazosi). «Tergovning fikriça, Ivanov uçinçi şaxslar bilan jinoiy til biriktirib, uyuşgan guruh tomonidan şartnomalar tuziş va subpudrat jarayonida mulkiy xususiyatga ega xizmatlar körsatiş şaklida öta yirik miqyosda jinoyat sodir etişni maqsad qilgan», deyiladi sudlarning qöşma matbuot xizmati xabarida.
Vazir örinbosari bilan birga uning şerigi deb taxmin qilingan Sergey Borodin ham hibsga olingan. U ham ikki oy muddatga tergov izolyatoriga jönatilgan.
Ivanov öz aybini tan olmadi, deb yozadi TASS axborot agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib.
Mash Telegram-kanali xabariga köra, sud zarar miqdorini aytmagan va bu hali tergov tomonidan aniqlanayotganini ta’kidlagan.
Ivanov 23 aprel kuni keçqurun qölga olindi. TASS xabariga köra, mudofaa vaziri örinbosari uzoq vaqtdan beri operativ kuzatuvda bölgan. «Izvestiya» gazetasining yozişiça, Ivanov bilan birga yana bir neça kişi uşlangan.
Navalniy jamoasining Timur Ivanov va uning rafiqasiga oid suriştiruvi
2022 yil dekabr oyida Aleksey Navalniyning tarafdorlari Timur Ivanov va uning rafiqasi Svetlana Zaxarova haqida katta suriştiruvni e’lon qildi. Ularning ma’lumotlariga köra, 2010-2018 yillarda er-xotin har yozda Lojuvard sohilida villalarni ijaraga olgan va Sen-Tropeda uy-joy ijarasi uçun kamida 850 ming yevro sarflagan. Ivanov Mudofaa vazirligining quriliş kompaniyalari pudratçilaridan pul olgan, 2022 yil iyun oyida u Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qolmaslik uçun xotini bilan ajraşdi, ayol Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi uruşi töliq miqyosda boşlanganidan keyin ham sayohatlarini davom ettirgan, deyiladi suriştiruvda.

















