19:00 / 23.08.2022
17562
Tanishuv: Arboblarni tarbiyalagan Iqtisodiyot universiteti

Salkam bir asrlik tarixga ega Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘nlab akademiklar, yuzlab fan doktorlari bilan birga, ko‘plab taniqli shaxslar va siyosatchilarni ham yetishtirgan nufuzli oliygohlardan. Xo‘sh, TDIUda ta’limning bugungi holati qanday, universitetda qanday zamonaviy loyihalar ketyapti?

O‘rta Osiyo moliya-iqtisod instituti, Toshkent moliya-iqtisod instituti, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti kabi bir qancha tarixiy nomlarga ega hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1931 yil 13 avgustda tashkil topgan.

Oliygohga sobiq ittifoq xalq komissarlari kengashi qaroriga muvofiq asos solingan bo‘lib, u dastlab Turkiston davlat universitetining iqtisodiyot va jamiyatshunoslik fakultetlari tarkibida bo‘lgan, 1931 yil 15 fevralda alohida institut sifatida shakllangan.

O‘tgan davr mobaynida mazkur maskandan o‘nlab akademiklar, yuzlab fan doktorlari yetishib chiqdi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 200 mingdan ortiq kadrlar yetkazib berildi.

Universitetning bugungi faoliyati

2021 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 90 yoshga to‘ldi. Hozirda universitetda 5 ta fakultet (Iqtisodiyot, Korporativ boshqaruv, Moliya va buxgalteriya, Xalqaro turizm, Raqamli iqtisodiyot), 31 ta ta’lim yo‘nalishi, 34 ta mutaxassislik bor.

Oliygohda umumiy hisobda 18 126 nafar talaba tahsil oladi. Ularga 898 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim beradi. Shundan 2 nafari akademik, 88 nafari fan doktori bo‘lsa, qolgan 225 nafarini fan nomzodlari va PhD darajasiga ega pedagog-xodimlar hisoblanadi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xorijiy 9 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bular: Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti, Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti, Sankt-Peterburg davlat transport universiteti, Ufa davlat neft-texnika universiteti, Qirg‘iziston iqtisodiyot universiteti, Indoneziya ta’lim universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Milliy yadroviy tadqiqot universiteti va Moskva tadbirkorlik akademiyasi. Jami 1441 nafar talaba ushbu qo‘shma ta’limda tahsil olishmoqda.

Qo‘shma ta’lim dasturlari orasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bir yilga yaqin muddat davomida olib borilgan muzokaralar natijasida London universiteti va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) bilan kelishuvga erishib, hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ISEF (International School of Economics and Finance) qo‘shma ta’lim dasturi alohida e’tiborga loyiq.

Buyuk Britaniyaning 17 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan iborat bo‘lgan London universiteti federatsiyasi Kengashi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mazkur dasturni ma’qullab, unga ISEF nomi bilan yuritiluvchi o‘zining tan olingan O‘zbekistondagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi maqomini bergan. Bunda akademik rahbarlik LSE – London School of Economics and Political Science tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti diplomlariga ega bo‘ladilar.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qish davomiyligi 4 yilni tashkil etib, talabalar birinchi o‘quv yilida Foundation bosqichida tahsil olishadi.

Ta’limning 2-, 3-, 4-o‘quv yillarida talabalar LSE akademik raxbarligi asosida UoL dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi. 1-bosqichni muvaffaqqiyatli tamomlagan talabalar o‘qishlarini ikkinchi bosqichdan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davom ettirishlari mumkin:

  • buxgalteriya hisobi va moliya (BSc Accounting and Finance);
  • bank ishi va moliya (BSc Banking and Finance);
  • iqtisodiyot (BSc Economics).

Ahamiyatlisi shundaki, 1-bosqichni tamomlaganda beriladigan maxsus diplom bilan talabalar ISEF qo‘shma dasturi yo‘nalishlaridan tashqari Buyuk Britaniya hamda Evropaning boshqa universitetlari bakalavr bosqichida ham tahsil olishlari mumkin.

Ma’lumot sifatida aytish kerak, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi nufuzli oliy ta’lim muassasasi sifatida Times Higher Education xalqaro reytingida 27-o‘rinni egallab kelmoqda. QS xalqaro reytingida ijtimoiy fanlar va menejment bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, buxgalteriya va moliya yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni, iqtisodiyot va ekonometrika yo‘nalishi bo‘yicha esa 6-o‘rinni egallaydi. Shuningdek, QS Evropa reytingida ijtimoiy fanlar va menejment, buxgalteriya va moliya hamda iqtisodiyot va ekonometrika yo‘nalishlari bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.

Karera markazi, Akademik registrator ofisi va boshqalar

Universitetda talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularning sifatli ta’lim olishi uchun jami 213 ta auditoriya barcha kerakli va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalarga tez, sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatish maqsadida Akademik registrator ofisi tashkil etilgan. U talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda qabul jarayoni va talabalar registratsiyasi bo‘limlaridan iborat. Mazkur ofisda talaba va magistrlarga akademik transkript, to‘lov shartnoma qog‘ozi kabi ma’lumotnomalarni taqdim etish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlashtirish, akademik ta’til, diplom (dublikat) olish va shunga o‘xshash 30 dan ortiq xizmatlar amalga oshiriladi.

Universitetda Karera markazi ham mavjud bo‘lib, uning asosiy vazifasi talabalarning shaxsiy o‘sishi va malakasini oshirishda yordam berishdan iborat. Xususan, har yili TDIUda Karera kuni o‘tkazilib, bu orqali talabalar o‘z mutaxassisligiga ko‘ra yaxshi ish bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, oliygoh 425 o‘ringa ega, 5/9 metr hajmdagi LED-monitor bilan jihozlangan anjumanlar saroyi, 200 o‘rinli sig‘imdagi faollar zali, Xitoyning ZTE kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil yetilgan interaktiv va innovatsion smart-room, umumiy hisobda 800 mingga yaqin adabiyotlarga ega kutubxona, ARMAT elektron dasturiy bazasi shakllantirilgan 2000dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektron katalogi, shuningdek,12 mingga yaqin nusxadagi chet ellardan keltirilgan adabiyotlar mavjud bo‘lgan Axborot-resurs markazi bor.

Webometrics agentligi reytingiga ko‘ra, respublika OTM lari orasida 3-o‘rinni yegallagan, Times Higher Education WUR ko‘rsatkichi bo‘yicha "Reporter" va Impact Ranking 2021 ko‘rsatkichi bo‘yicha Top-1001+ maqomiga ega “Universitet 3.0” xalqaro, o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 5 ta sektordan iborat “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” tadqiqot markazi, 2020 yilda tashkil etilgan “Young Entrepreneurs Generator” biznes-inkubatori, 2ta xalqaro, 4ta mahalliy tanlovlarda va 3ta grant loyihalarda muvaffaqqiyatli ishtirok etgan “Digital economy” inkubatsiya markazi ham TDIU qoshida tashkil etilgan.

Universitet “Bank va moliya” innovatsion ilmiy-amaliy taqdiqot markazi, “Raqamli transformatsiya” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi, “Turizm va xizmat ko‘rsatish”, “Buxgalteriya hisobi va sug‘urta ishi”, “Statistika” ilmiy-amaliy laboratoriyalariga ham ega.

2020 yil yakuniga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “The Impact Rankings 2021” xalqaro reytingining asosi hisoblangan BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) yo‘nalishlarining barchasida ishtirok etdi. Bunda oliygoh dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan 20 mingga yaqin OTM lar orasida Top-1000 talikdan o‘rin oldi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top