19:58 / 23.08.2022
12695
Xorazmda 7 nafar hokimga hayfsan berildi

Xorazm viloyatining 2 ta shahri va 5 ta tumani hokimiga o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Foto: iStock

Viloyat hokimi farmoyishiga ko‘ra, ish faoliyati davomida «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari ajratish orqali aholining uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosini belgilangan muddatda ta’minlamasdan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani, uy-joy sotib olish uchun ijobiy xulosa olgan 92 nafar fuqaroga amaliy yordam bermagani, avgust oyida subsidiya ajratish muddati o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ygani uchun, Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan:

- Urganch shahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminovichga;
- Xiva shahar hokimi Davletov Temur Ismoilovichga;
- Bog‘ot tumani hokimi Yaxshibayev Shavkat Qurambayevichga;
- Hazorasp tumani hokimi Masharipov O‘ktam Rustamovichga;
- Urganch tumani hokimi Sharipov Frunze Ilxomovichga;
- Tuproqqal’a tumani hokimi Salayev Alisher Ro‘zmetovichga;
- Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar
Kenjayevichga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

Shuningdek, ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani uchun Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Achilov Murodjon Azamatovichga ham hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

Top