20:38 / 25.08.2022
2827
Yil boshidan buyon COVID-19dan vafot etganlar soni bir millionga yetdi

Tedros Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, dunyo aholisining uchdan bir qismi haligacha koronavirusga qarshi emlanmagan.

Foto: Reuters

2022 yil boshidan buyon dunyo bo‘yicha COVID-19dan vafot etganlar soni bir million nafarga yetdi, deb ma’lum qildi JSST bosh direktori Tedros Gebreyyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo aholisining uchdan bir qismi haligacha koronavirusga qarshi emlanmagan.

«Bu yil COVID-19dan 1 mln o‘lim holatlari qayd etildi»,— dedi u.

Gebreyyesusning ma’lum qilishicha, oxirgi 4 haftada o‘limlar soni 35 foizga oshgan, bir hafta davomida 15 ming kishi koronavirusdan vafot etgan.

«Dunyo aholisining uchdan bir qismi emlanmagan, jumladan, sog‘liqni saqlash xodimlarining uchdan ikki qismi va kam daromadli mamlakatlardagi keksa aholining to‘rtdan uch qismi»,— dedi JSST rahbari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 6 mln 481 ming nafardan oshgan.

Top