07:37 / 26.08.2022
2255

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi ma’lum qilindi

Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi. 

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022 yil 24 avgust kuni hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazilgan.

Uning natijalari bo‘yicha narxlar quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 58 000 – 90 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 6 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 5000 – 25 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 12 000 – 17 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid
Top