“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga möljallangan amaliy tadbirlar rejasiga köra, aholiga öz soğliği va ovqatlanişini nazorat qilişni örgatiş va töğri ovqatlaniş böyiça mobil ilova yaratiladi.
Mahalliy mahsulotlardan kelib çiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uçun parhez ovqatlanişga qaratilgan tavsiyalar işlab çiqiladi.
Yoşi, tana tuzilişi, turmuş tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib çiqib, kattalar va keksalar uçun töğri ovqatlaniş, soğlomlaştiriş maşqlari va gigiyena qoidalari töplamini yaratiş közda tutilmoqda.
Iş beruvçilar tomonidan xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan şuğullanişi va töğri ovqatlanişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş ham möljallangan.

















