19:01 / 29.08.2022
3588
Iroq hukumati Bag‘dodda komendantlik soati joriy etildi

Dushanba kuni shialar yetakchisi Muqtado as-Sadr siyosatdan ketishini e’lon qildi. Uning tarafdorlari parlamentda norozilik bildirishda davom etmoqda.

Foto: AP

Shialar rahnamosi Muqtado as-Sadrning siyosatni tark etishi to‘g‘risidagi bayonoti va uning tarafdorlari namoyishlarga chiqqanidan keyin Iroq hukumati Bag‘dodda komendantlik soati joriy etdi.

Muqtado as-Sadr siyosatdan ketishini e’lon qilganidan so‘ng uning yuzlab tarafdorlari Bag‘doddagi "yashil hudud"ga bostirib kirdi. "Al-Arabiya" telekanalining xabar berishicha, namoyishchilar Iroq hukumati shtab-kvartirasiga ham kirib borgan.

Dushanba kuni as-Sadr siyosatdan ketishini e’lon qildi. Uning tarafdorlari parlamentda norozilik bildirishda davom etmoqda.

Avgustda as-Sadr mamlakat sud hokimiyatini parlamentni tarqatib yuborishga, prezidentni esa muddatidan oldin parlament saylovlarini belgilashga chaqirgandi. Lekin Iroq oliy sud kengashi buni rad etdi.

Mavzuga oid
Top