20:34 / 29.08.2022
5373

NASA Oyga parvozni ortga surdi

Raketa dvigatelida nosozlik aniqlangani sababli parvoz 2 sentabrga qoldirildi. Parvoz amalga oshirilishi dvigatel tekshiruvi natijalariga bog‘liq.

Foto: NASA

NASA Artemis 1 missiyasining Oyga parvozi raketa dvigatellaridan biridagi nosozlik sababli kechiktirilganini e’lon qildi.

Injyenerlar 29 avgust kuni uchirilishi kerak bo‘lgan Artemis 1 missiyasining raketasi dvigatellaridan birida yonilg‘i sizib chiqayotganini aniqladi. Keyinroq mazkur dvigatelda kerakli haroratga erishishning imkoniyati bo‘lmadi.

Natijada parvoz 2 sentabrga qoldirildi. Parvoz amalga oshirilishi dvigatel tekshiruvi natijalariga bog‘liq.

Artemis 1 — AQShning Artemis Oy dasturining bir qismi. Artemis 1 missiyasini o‘tgan yili jo‘natish rejalashtirilgan, ammo parvoz bir necha marta ortga surilgandi. 2024 yilda Oyga Artemis 2, 2025 yilda esa Artemis 3 missiyasini jo‘natish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid
Top