Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
Matiz mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 64 yoshli piyodani urib yuborgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 avgust kuni A-376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining Zarbdor tumani Oybek mahallasi hududidan o‘tgan 274-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Zarbdor tumani Lalmikor mahallasida yashovchi shaxs Matiz mashinasini Jizzax yo‘nalishida boshqarib ketayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda, Zarbdor tumani Navoiy mahallasida yashovchi 64 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Forish tumanida sodir bo‘lgan YTHda VAZ-2101 mashinasi haydovchisi vafot etgandi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
12:22 / 16.05.2026