17:16 / 30.08.2022
39380
Toshkentdagi do‘konda o‘g‘rilik qilgan shaxs 3 kun o‘tib vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro do‘konda o‘g‘rilik sodir etayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yil 26 avgust kuni Yashnobod tumanida joylashgan do‘konlar birida 1984 yilda tug‘ilgan A.R. jami 503 000 so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan. 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida A.R. 2022 yil 29 avgust kuni surunkali kasallik tufayli vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, shu sababli ish hujjatlari yurituvdan tugatiladi.

Top