Toşkentda maşina öğirlaş bilan şuğullangan 15 yoşli maktab öquvçisiga hukm öqilgan. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Uçtepa tumanida 15 yoşli maktab öquvçisi maşina öğirlab qölga tuşgan. Sud majlisida öquvçi avval ham bir neça marta maşina öğirlagani ma’lum bölgan.
Tafsilotlarga köra u uçinçi maşinani öğirlagaç yöl-transport hodisasi sodir etgan. Maşina ustunga borib urilgan. Ösmir maşinani paçaq holida taşlab ketgan.
“Millar” dasturida efirga uzatilgan lavhada ayblanuvçining otasi sönggi öğrilik sodir bölgan kuni öğli amakisi bilan janjallaşib, uydan çiqib ketganini aytgan.
Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi tomonidan öquvçi Jinoyat kodeksining 267-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilgan.
Sudya unga uç yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinlagan. Jazoni axloq tuzatiş koloniyasida ötaşi belgilangan.











