20:33 / 30.08.2022
43460
Xitoydagi kompaniyaga robot bosh direktor etib tayinlandi

Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, u ish jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Foto: Shutterstock

Xitoydagi mobil ilovalar va onlayn o‘yinlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi NetDragon Websoft kompaniyasi Tan Yu deb nomlangan sun’iy ongga ega gumanoid robotni bosh direktor etib tayinladi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.  

«Sun’iy ong korporativ boshqaruv kelajagi ekanligiga ishonamiz. Tan Yu xonimning bosh direktorlikka tayinlanishi sun’iy ongdan foydalanishga bo‘lgan sa’y-harakatlarimiz isboti hisoblanadi», — dedi NetDragon Websoft raisi Detszyan Lyu.

Robotning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan.

Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, u ish jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Tan Yu barcha xodimlarning ish faoliyatini haqqoniy baholaydi.

Mavzuga oid
Top