20:08 / 02.09.2022
8577
Oston O‘runov «Spartak»dan Rossiyaning boshqa klubiga o‘tdi

Yekateringburgning «Ural» klubi Oston O‘runov bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Foto: Spartak

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 21 yoshli yarimhimoyachi 3 sentabr kuni klub safiga kelib qo‘shiladi va 5 sentabrdan boshlab mashg‘ulotlarga kirishadi. U jamoa tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.

Avvalroq, O‘runov «Spartak» bilan amaldagi kelishuvini bekor qilgani haqida rasman ma’lum qilingandi. «Ural» prezidenti Oston bilan 1,5 yillik shartnoma imzolanishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Ma’lumot uchun, «Ural» RPL 7-turidan keyin 1 ochko bilan so‘nggi 16-o‘rinda bormoqda.

Top