20:12 / 06.09.2022
11346

OFK kubogi. «So‘g‘diyona» «Istern»ni mag‘lub etib, OFK kubogi yarimfinaliga yo‘llanma oldi

Foto: So‘g‘diyona

OFK kubogi mintaqalararo yarimfinali doirasida «So‘g‘diyona» o‘z maydonida Honkongning «Ister» klubiga qarshi saf tortdi.

Jizzaxda 10 mingga yaqin tomoshabin qarshisida o‘tgan hal qiluvchi pley-off bahsida Ulug‘bek Baqoyev murabbiyligidagi jamoa qiyin g‘alabaga erishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Vitaliy Denisovning uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqa qolganida jarima maydoniga yetkazgan uzatmasini Shoxruz Norxonov darvozaga yo‘llab, «So‘g‘diyona»ning keyingi bosqichga yo‘llanma olishini ta’minladi – 1:0.

Shu tariqa, Jizzax klubi o‘z tarixida ilk marta OFK kubogi mintaqalararo finalida, turnir yarimfinalida o‘ynaydi. Yarimfinaldagi raqib jamoa nomi 7 sentabr kuni Hindistonning «Mohun Bagan» va Malayziyaning «Kuala-Lumpur Siti» o‘rtasidagi bahsda ma’lum bo‘ladi. 

OFK kubogi. Mintaqalararo yarimfinal.
«So‘g‘diyona» - «Istern» (Honkong) – 1:0
Jizzax, «So‘g‘diyona» stadioni.

Hakamlar: Ahmad Al Ali (Kuvayt)
Gol: Shoxruz Norxonov 85.
«So‘g‘diyona»: 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar Shoyqulov, 7.Shahboz Jo‘rabekov (17.Husniddin G‘ofurov, 73), 10.Shoxruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka Chermel, 39.Shavkat Salomov (26.Vitaliy Denisov, 55), 77.Daniel Nasriddinov (21.Abdujalil Manazarov, 55), 93.Darko Kolakovich.
«Istern»: 1.Yap Hung Fay, 2.Jojo Aleksandr (5.Zu Kang Ming, 90), 3.Tamirlan Kozubayev, 4.Vu Chun Ming (42.Yuyeng Tung Ki, 89), 9.Viktor Bartameu, 11.Vong Xo Chun (13.Chu Vai Kvan, 76), 16.Leung Chun Pong, 22.Leung Kvun, 23.Sun Ming Hyon, 27.Markos Gondra, 30.Vong Ho.

Top