07:18 / 06.09.2022
12660

Olmazorda portlab ketgan «stolba» bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani Qoraqamish dahasida stolba portlab ketgani haqida turli xabar va videolavhalar tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Olmazor tumani hokimligi

Qayd etilishicha, Olmazor tumani Qoraqamish dahasida joylashgan «A’lo» to‘yxonasi qarama-qarshisidagi podstansiyada 110 kVt yuqori kuchlanishli havo liniyasi 27-tayanch ustunida noma’lum sabablarga ko‘ra qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. 

Qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilib, muammo bartaraf etilgan. 

Ta’kidlanishicha, hozirgi holatda 27-tayanch ustunida doimiy kuchlanish mavjud.

Mavzuga oid
Top