20:05 / 08.09.2022
15316

Grem Potter – «Chelsi» bosh murabbiyi

«Chelsi» klubi Grem Potter jamoa bosh murabbiyiga aylanganini rasman e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, angliyalik 47 yoshli mutaxassis londonliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Potter 2019 yildan buyon «Brayton» bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi. 

London klubi rahbariyati YeChL 1-turi doirasidagi «Dinamo» Zagrebga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Tomas Tuxel iste’fosini e’lon qilgan edi. 49 yoshli nemis mutaxassisi «aristokratlar» bosh murabbiyi sifatida YeChL, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. 

Avvalroq, «Chelsi» Potter uchun «Brayton»ga 10 million funt tovon puli to‘lashi haqida xabar qilingandi. 

Ma’lumot uchun, «Brayton» APL yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshlab, 13 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Top