19:26 / 09.09.2022
5679
Strategik islohotlar agentligiga rahbar tayinlandi

Strategik rivojlanish agentligi negizida tashkil etilgan Strategik islohotlar agentligiga Shuhrat Vafoyev rahbarlik qiladi.

Prezident farmoni bilan Shuhrat Vafoyev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Vafoyev 1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Moskva muhandislik qurilish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Jonc Hopkins universitetini tamomlagan.

1996-2000 yillarda Markaziy bank tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlagan, 2000-2002 yillarda Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan, 2002-2007 yillarda Jahon banki va Xalqaro valuta fondi Ijrochi direktori maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2007 yildan 2010 yilgacha Moliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan .

2010-2012 va 2017-2018 yillarda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lgan, 2012-2017 yillarda shu jamg‘armada direktorning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2018-2019 yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuhrat Vafoyev 2019 yil yanvaridan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldinroq O‘zbekiston prezidentining Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni imzolagandi.

Mavzuga oid
Top