Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Turkmaniston bilan viza rejimini joriy etdi
Avvalroq Turkmaniston hukumati Turkiyadan o‘z fuqarolari uchun vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘ragandi.
Turkiya Turkmaniston bilan viza rejimini joriy etdi. Bu haqda “Hurriyet” gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 13 sentabr kuni bu boradagi qarorni imzoladi.
Avvalroq Turkmaniston hukumati Turkiyadan o‘z fuqarolari uchun vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.
«Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lib turishi qoidalarini takomillashtirish va tizimli asosda yuritish maqsadida Turkmaniston tomoni Turkiyaga Turkmaniston fuqarolari uchun vaqtinchalik asosda turli toifadagi vizalar rejimini joriy etishni so‘rab murojaat qildi»,— deyilgandi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Bunga qadar Turkmaniston fuqarolari Turkiyada turistik maqsadlarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin edi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026