Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy mamlakatga kirish uchun joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni rejalashtirmoqda
XXR hukumati talabalarga viza berishni boshladi va mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni tiklamoqda. Majburiy karantin muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Foto: Mark Schiefelbein / AP
Xitoy hukumati mamlakatga kirish uchun joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni rejalashtirmoqda.
Endilikda Xitoy turistik agentliklari tomonidan tashkil etilgan turistik guruhlar "mamlakatga kirish va chiqish joylarini o‘zlari tanlashi" mumkin bo‘ladi.
Avvalroq aholisi 21 mln kishini tashkil etadigan Chendu shahri lokdaundan chiqarilgandi.
Bundan tashqari, XXR hukumati talabalarga viza berishni boshladi va mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni tiklamoqda. Majburiy karantin muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagandan so‘ng Xitoyga kirishga cheklovlar o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
07:41 / 11.12.2025
Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar: dunyoni bog‘lab turuvchi transkontinental davlatlar
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
15:45 / 20.11.2025
Litva Belarus bilan chegara nazorat-o‘tkazish punktlarini yana ochadi
13:16 / 19.11.2025