13:17 / 20.09.2022
7775
Qushbegi ko‘prigi aylanma yo‘lining bir qismi yopildi

Toshkent shahrida Qushbegi ko‘prigi aylanma yo‘lining bir qismi yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, Qushbegi ko‘prigi aylanma yo‘li Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan Sergeli tomoniga yo‘nalgan qismi 24 sentabr soat 00:00 ga qadar yopilgan.

Xabarga ko‘ra, bu yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli amalga oshirildi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Bundan oldin Yakkasaroy tumanida yuk avtomashinasi ko‘prik ustida ag‘darilib ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top