TASS 2008 yildan buyon köprik qulaşi oqibatida insonlar köp ölgan falokatlarni sanab ötdi. Halokatlarning aksar qismi Hindistonda röy bergani diqqatga sazovor.
2008 yilning 16 noyabrida Hindistonning Jammu va Kaşmir muzofoti Uri şahri yaqinida toğda qurilayotgan köprik sinov çoğida qulagan. 28 kişi vafot etgan. Halokatga sabab qilib köprik konstruksiyasidagi nuqsonlar körsatilgan.

2011 yilning 23 oktyabrida Hindistonning Bijanbari şahri (mamlakat şarqidagi Ğarbiy Bengaliya ştati)da osma yoğoç köprik qulaşi oqibatida 31 kişi vafot etgan va 100 dan ortiq inson mayib bölgan. Qulaşdan oldin köprik ustida mahalliy siyosiy yetakçilar tomonidan miting ötkazilayotgan edi.

2011 yilning 26 noyabrida Indoneziyaning Borneo orolida Mahakam daryosi uzra 710 metrli Kutay Kartanegara osma köprigi uzilib tuşadi. Köprik 2001 yilda qurilgan edi. Avariyaga sabab qilib, ta’mirlaş işlaridagi xatolar körsatilgan. 38 kişi halok bölgan. Köprik 2015 yilga kelib qayta tiklangan.

2015 yilning 31 martida Hindistonning Kolkatta şahrida qurilayotgan estakadaning 150 metrli qismi qulab tuşadi. Konstruksiya maşinalar ustiga qulagan va bosib qolganlarning 27 nafari vafot etgan.

2018 yilning 14 avgustida Italiyaning Genuya şahrida Morandi avtomobil köprigi (viaduk) qulab tuşadi. Köprik qulaşidan oldin unda 30 ta yengil maşina va uçta yuk maşinasi bölgan. Voqea 43 nafar qurbonga sabab bölgan. Halokatga inşootga texnik xizmat körsatiş juda yomon taşkil qilingani sabab röy bergan: uning muhim elementlari 25 yildan ortiq ta’mirlanmagan. 2019-2020 yillarda buzib taşlangan Morandi viaduki örnidan yangi San-Jorjo köprigi qurilgan.

2021 yilning 3 mayida Meksika poytaxti Mexiko şahri janubidagi «Olivos» bekati yaqinida metropolitenning 12-liniyasi poyezdi yöl ötkazgiç köprik bilan birga qulagan. Konstruksiyalar 10 metr balandlikdan avtomobil yöliga qulab tuşgan. Favqulodda hodisa oqibatida 26 kişi ölgan, 79 kişi jarohatlangan. Yerusti transporti tizimi rahbariyati bergan ma’lumotlarga köra, metro köprigi 2019 yilda töliq tekşiruvdan ötkazilgan, 2020 yilda qöşimça tekşiruv ham taşkillaştirilgan. Öşanda heç qanday jiddiy muammolar topilmagan.

XXI asrda eng köp qurbon keltirib çiqargan köprik qulaşi 2005 yilning 29 oktyabrida Hindistonning Valukodu şahri (mamlakat şarqidagi Andhra-Pradeş ştati) yaqinida röy beradi.
Musson yomğirlari Çinneru daryosining böğib qurilgan suv ombori töğonini yuvib yuboradi. Katta suv oqimi şu daryo uzra qurilgan temiryöl köprigi seksiyalaridan birini vayron qiladi. Tez orada zarar yetgan köprikdan lokomotiv va hindlarning Divali bayramidan qaytayotgan insonlar bilan liq töla yettita vagon qulaydi. Vagonlardan ayrimlari töliq suvga ğarq böladi. Qutqaruv operatsiyasida hattoki Hindiston harbiy dengiz kuçlarining ğavvoslari ham iştirok etadi. Çökib ketgan vagonlardan «havo xaltalari» şarofati bilan jon saqlab qololgan bor-yöği 10 kişi qutqariladi. 114 kişi qurbon böladi, 200 ga yaqin kişi turli darajada tan jarohatlari oladi.













