Jahon | 21:07 / 29.09.2022
11546
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi ko‘prikda tirbandlik yuz berishi bir necha kishining o‘limiga olib keldi 

Mashinalar ko‘prikda paydo bo‘lgan yoriqni chetlab o‘tgani sababli tirbandlik hosil bo‘lgan. Ko‘prikda bir nechta avtomobil to‘xtab turishi natijasida u qulab tushgan. 

Foto: William Duarte / Rede Amazônica

Braziliya shaharlaridan biridagi ko‘prikda avtomobillar tirbandligi bir necha kishining o‘limiga olib keldi: ko‘prik qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Globo. 

Xabarda aytilishicha, fojia Kareyro shahrida yuz bergan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar ko‘prikda paydo bo‘lgan yoriqni chetlab o‘tgani sababli tirbandlik hosil bo‘lgan. Ko‘prikda bir nechta avtomobil to‘xtab turishi natijasida u qulab tushgan. 

Oqibatda 12ta avtomobil suvga tushib ketgan. Uch kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarohatlangan. Shtat favqulodda xizmatining ma’lum qilishicha, 15 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid