14:03 / 20.09.2022
12660

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi 

Bugun, 20 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti yakunlarini muhokama qildilar. Shu nuqtayi nazardan, Imomali Rahmon mintaqaviy ahamiyatga molik mazkur tadbirning tashkiliy va mazmun-mohiyatiga yuksak baho bergan. 

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga samimiy qabul va an’anaviy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan hamda davlat rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tashkilot faoliyatiga oid qaror va hujjatlarning katta to‘plami paketi qabul qilinganini yuqori baholagan. 

Shu bilan birga, Tojikiston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatning so‘nggi o‘zgarishlari haqida ham ma’lumot berdi. 

Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik doirasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka oid ayrim dolzarb masalalarni ham muhokama qilgani aytiladi. 

Top