13:08 / 20.09.2022
21036

Toshkentda yuk mashinasi ko‘prik ustida ag‘darilib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumanida yuk avtomashinasi ag‘darilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

2022 yil 20 sentabr kuni taxminan soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasidagi ko‘prik ustida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan V.A.  boshqaruvidagi Howo ZZ3 rusumli yuk avtoulovida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan vaqtida ko‘prik ustida boshqaruvni yo‘qotib ko‘prik chetki qismiga ag‘darilgan. 

Hodisa oqibatida haydovchi V.A. “chap qo‘l tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati” bilan kasalxonaga olib borilgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top