11:31 / 28.09.2022
11244

Kimlar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingani aytildi

O‘zbekistonda ayrim jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

Foto: Shutterstock

“Soliq xizmati xabarlari”ning yozishicha, ular quyidagilar:

«O‘zbekiston Qahramoni», sovet ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi «Shuhrat» ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

  • urush nogironlari va qatnashchilari;
  • harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Milliy gvardiyadagi xizmat boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
  • energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

  • 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
  • pensionerlar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdor tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.

Top