16:43 / 29.09.2022
1149

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Global Innovation Index yetakchisi

Foto: Global Innovation Index

2022 yil 29 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Global Innovation Index 2022 natijalarini e’lon qildi. GII (Mamlakatlarning innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari Yillik reytingi) 2007 yilda Britaniyaning World Business va INSEAD jurnali tomonidan joriy qilingan.

Bugun e’lon qilingan hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston reytingga kiritilgan 132 davlat orasida 82-o‘rinni egalladi. 2015 yilda mamlakatimiz 122-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, faqat so‘nggi uch yilda birdaniga 11 pog‘onaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyodagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Voqeani sharhlar ekan, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov shunday dedi: “2022- yilgi hisobot “Innovatsion rivojlanish kelajagi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu biz uchun alohida ahamiyatga ega, chunki respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgartirishlar jamiyatni kelajakda rivojlantirishga qaratilgan. Bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston nafaqat makromintaqa, balki jahon miqyosida ham yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi. Misol tariqasida fan va muhandislik yo‘nalishlaridagi bitiruvchilar sonining dinamikasini keltirish mumkin, biz hayratlanarli tarzda dunyoda oltinchi bo‘ldik. Bunday misollar ko‘p va biz ularning yanada ko‘p bo‘lishini ta’minlashga harakat qilishni rejalashtirmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, iqtisodiyotning barcha sohalariga texnologiyalarni keng joriy etishni jadallashtirish, inson kapitali, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida asosiy maqsad sifatida Respublikamizni Global Innovation Index bo‘yicha 56 yetakchi davlatlar qatoriga kiritish.

Global Innovation Index AQShning Kornel universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tadqiqotdir. U 81 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida joylashgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini tavsiflaydi. Reyting Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2019 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar bo‘yicha rezolyutsiyada qayd etilgan.

Batafsil: https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-2000-2022-section1-en-gii-2022-at-a-glance-global-innovation-index-2022-15th-edition.pdf

Top