Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Suv toshqinidan jabrlangan aholi uchun insonparvarlik yordami yuklangan maxsus samolyot Termizdan Pokistonga uchib ketdi.
Foto: Dunyo
Bugun, 29 sentabr kuni ertalab O‘zbekiston hukumati va BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan Pokistonda sodir bo‘lgan halokatli suv toshqinidan jabrlanganlarga taqdim etilgan insonparvarlik yordami yuklangan samolyot Termizdan Karachiga uchib ketdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Ushbu birinchi qo‘shma insonparvarlik yordami O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan samolyotlarda yetkazib berilishi tashkil qilindi.
Insonparvarlik ko‘magi tarkibi suv toshqinlari oqibatida o‘z boshpanalaridan ayrilganlar uchun 15 tonnadan ortiq hajmdagi vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar joy modullaridan iborat.
1 sentabr kuni Islomobod xalqaro aeroportiga O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari Il-76 samolyoti kelib qo‘ngandi. Unga Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, Pokiston mintaqalarida ro‘y bergan suv toshqinidan jabrlanganlar uchun yo‘llangan 40 tonnadan ortiq hajmdagi insonparvarlik yordami yuklangan. Aeroportda yuklarni Pokiston ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha federal vaziri Aga Xasan Baloch qabul qilib olgan.
Mavzuga oid
09:10 / 25.03.2026
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
00:32 / 19.03.2026
Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro janglarni vaqtincha to‘xtatdi
15:11 / 18.03.2026