Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden "Ian" to‘foni Florida tarixidagi eng vayronkor to‘fon bo‘lishi mumkinligini aytdi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Ian" to‘foni oqibatida kamida 42 kishi halok bo‘lgan, Florida shtatidagi 1,3 millionga yaqin aholi elektr ta’minotisiz qolmoqda.
Foto: Reuters
Jo Bayden AQSh hukumati Florida shtatiga yopirilgan "Ian" to‘foni yetkazgan zararni baholayotganini ma’lum qildi.
"Biz Floridadagi mamlakat tarixidagi eng dahshatlilardan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan vayrongarchiliklar miqyosini baholashni boshladik. Qalblarimiz mazkur bo‘ron oqibatida hayotlari vayron bo‘lgan odamlar uchun og‘rimoqda. Biz qancha kerak bo‘lsa shuncha vaqt sizlar bilan birgamiz", - deb yozdi AQSh prezidenti Twitter akkauntida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Ian" to‘foni oqibatida kamida 42 kishi halok bo‘lgan, Florida shtatidagi 1,3 millionga yaqin aholi elektr ta’minotisiz qolmoqda.
Tabiiy ofat ulkan vayrongarchiliklarga sabab bo‘ldi, telekommunikatsiya tarmoqlari va aeroportlar faoliyatini izdan chiqardi.
Shtat gubernatori Ron Desantis to‘fon yetkazgan zararni "tarixiy" deb atadi.
Mavzuga oid
21:15
AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning bir guruhi Vatanga qaytarildi
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15