20:36 / 01.10.2022
10058
Ukraina "referendum"lar sababli Xalqaro sudga murojaat qildi

Kiyevning ta’kidlashicha, Kremlning Ukraina hududlarini annexia qilishga urinishi Xalqaro sudning mart oyida chiqarilgan qaroriga zid.

Foto: AP

Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarni annexia qilishga uringani uchun BMT Xalqaro sudiga murojaat qildi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

"Putinning annexiaga urinishidan so‘ng Ukraina Xalqaro sudga bu harakat uning 16 martda chiqarilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi majburiy buyrug‘ini qo‘pol ravishda buzishi haqida rasman ma’lum qildi. Biz sudni bu ishni imkon boricha tezroq ko‘rib chiqishga chaqiramiz", - deb yozdi Kuleba.

BMT Xalqaro sudining 16 martdagi qaroriga ko‘ra, Rossiya hukumati Ukrainadagi urushni zudlik bilan to‘xtatishi lozim. 

30 sentabr kuni Kremlda «DXR» va «LXR» hamda qisman bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z bayonotida Putin prezident bo‘lib qolar ekan, Ukraina Rossiya bilan muzokara o‘tkazmasligi, muzokara faqat Rossiyaning keyingi prezidenti bilan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top