20:28 / 03.10.2022
10972
Qozog‘iston KXShT Rossiya-Ukraina nizosida qatnashmasligini bildirdi

Oybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, KXShTning javobgarlik hududi tashkilotga a’zo davlatlarning xalqaro tan olingan chegaralari bilan belgilab qo‘yilgan.

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kuchlari Rossiya-Ukraina nizosida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

"Qozog‘iston xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillariga amal qiladi. KXShTning javobgarlik hududi tashkilotga a’zo davlatlarning xalqaro tan olingan chegaralari bilan belgilab qo‘yilgan va kollektiv xavfsizlik ushbu hududlar chegarasida ta’minlanadi. Shu tarzda, kun tartibida KXShTning Rossiya-Ukraina nizosi hududida ishtirok etishi masalasi yo‘q", - dedi u. 

Smadiyarov shuningdek, Qozog‘istonning Ukrainadagi Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarida o‘tkazilgan “referendum”lar bo‘yicha pozitsiyasini ham ma’lum qildi. 

"Bizning pozitsiyamiz o‘zgarmadi. Qozog‘iston bu masalada xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillaridan kelib chiqadi. Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasida siyosiy muloqot o‘rnatishga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz", - dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top