22:36 / 08.10.2022
15270

Prezident boshlang‘ich sinflar uchun darslik Finlandiya standarti bo‘yicha tayyorlanishini aytdi

O‘zbekistondagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maktab darsliklari Finlandiya ta’lim standarti asosida ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryoga tashrifi davomida jurnalistlar bilan muloqot qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev aytgan. Lavha «Menimcha» teleloyihasida ko‘rsatildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, ta’lim sohasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p: «Darsliklar masalasida ham ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi. Finlandiya standarti bilan 1-4 sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Finlandiya xalq ta’limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oxirgi vaqtlarda maktab darsliklari masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan, Xalq ta’limi vazirligi kelib tushgan 6229ta ariza asosida boshlang‘ich sinflar uchun yangi avlod darsliklari aprobatsiyasini boshlaganini e’lon qilgandi.

Top