10:45 / 13.10.2022
2569

Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi.

Foto: Shutterstock

2022 yil 1 oktabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 531 taga oshgan.

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 2 764 ta korxona.

Keyingi o‘rinlardan 2 094 ta korxonaga ega Turkiya va 2 062 ta korxonaga ega Xitoy joy oldi.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Qozog‘iston va Koreya ham yetakchi beshtalikdan joy olgan. Mos ravishda, 1 184 ta va 908 ta korxona.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • AQSh – 335 ta;
  • Qirg‘iziston – 294 ta;
  • Tojikiston – 279 ta;
  • Ozarboyjon – 248 ta;
  • Germaniya – 212 ta;
  • Turkmaniston – 168 ta;
  • boshqalar – 4 220 ta.
Mavzuga oid
Top