Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ikkita avtobus haydovchisining o‘zaro janjali o‘lim bilan yakun topdi
Yo‘lovchi tashuvchi ikkita avtobus haydovchisi bekatda o‘zaro janjallashgan. Avtobuslardan biri harakatlanganda, ikkinchi avtobus haydovchisi uning eshigiga osilgan. So‘ng qulab tushib, avtobus g‘ildiragi ostida qolgan.
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 13 oktyabr kuni soat 8:10 larda Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ikkita avtobus haydovchisining o‘zaro janjali ayanchli yakun topgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan ikkita avtobus haydovchisi bekatda o‘zaro gap talashib, janjallashib qolgan. So‘ng oldinda turgan haydovchi avtobusni o‘rnidan jildirayotganda ikkinchi avtobus haydovchisi kelib uning eshigiga osilgan.
Birinchi avtobusning haydovchisi uni to‘xtatmasdan, aksincha tezlikni oshirgan. Shu paytda avtobus eshigiga osilib kelayotgan haydovchi tushib ketgan. Harakatlanayotgan avtobus uni bosib o‘tib, voqea joyidan ketib qolgan.
Oqibatda, ikkinchi avtobus haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Turli shaharlarda avtobus haydovchilarining yo‘lovchi yoki yo‘l talashib o‘zaro janjallashishi, bir-birini quvib o‘tish uchun poyga uyushtirishi tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Jumladan, 2022 yil 11 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida poyga uyushtirgan avtobus haydovchisi YTH keltirib chiqargandi. Shuningdek, 2021 yil 14 oktyabr kuni Samarqand shahridagi yo‘nalishlardan birida odam tashigan haydovchi o‘z boshqaruvidagi avtobus bilan yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangandi.
Mavzuga oid
12:05 / 09.12.2025
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
08:41 / 05.12.2025
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
12:00 / 04.12.2025