Zangiotadagi bog‘cha nima uchun 1 yilda to‘kilib tushdi? MTV rasmiy munosabat bildirdi
Nazarbekda devorlari o‘pirilib ketgan 1 yillik bog‘chaning qurilishi uchun qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi. MTVning ta’kidlashicha, bu holatda MTTni qurganlarning aybi bor.

Foto: Kun.uz
15 oktyabr kuni Kun.uz Nazarbek shaharchasida devorlari cho‘kib, o‘pirilgan bog‘cha haqidagi reportajni e’lon qilgan edi. 17 oktyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, bog‘chani qayta qurib berish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma qiymati 2 mlrd 922,4 mln so‘mni tashkil etgan. Bugungi kunga kelib bu shartnoma summasining 2 mlrd 800 mln so‘mdan ortiq mablag‘i to‘lab berilgani aytilmoqda.
“Bilasiz, har bitta shartnomaning 5 foizlik summasi davlat budjeti tomonidan qurilishning ekspluatatsiya jarayoni uchun olib qo‘yiladi. Agar yil davomida kamchiliklar aniqlansa, shu 5 foizlik pul to‘lab berilishi yoki to‘lanmasligi o‘ylab ko‘riladi. “Sanuzel” va oshxona o‘rtasi o‘tgan quvurlarning yorilishi oqibatida bog‘chadagi devorlar o‘pirilib tushgan”, – deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqt Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ va prokuratura xodimlari bilan birga bu holat o‘rganilmoqda.
“Aniq aytishim mumkinki, 23-sonli bog‘chaning devori qayta qurilib, uning ost qismiga beton quyilgan. Chunki suv chiqish hisobiga devorlar cho‘kkan. Albatta, biz buni oqlamaymiz. Boisi, quruvchi tashkilot bularni oldindan bilishi kerak edi.
Ya’ni qurilish materiallari sifatsiz ishlatilganmi yoki boshqa holat bo‘lganmi, buni huquqni muhofaza qiluvchi organlar aniqlab berishadi”, – deya qo‘shimcha qildi vazirlik axborot xizmati rahbari.
Shuningdek, qayd etilishicha, hozirda bog‘chada tarbiya olayotgan bolalarning xavfsizligi ta’minlangan bo‘lib, ular bog‘chaning qurilish bo‘lmayotgan boshqa qismiga ko‘chirib o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi
Jahon | 12:04
-
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?
O‘zbekiston | 11:55
-
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi
Jahon | 11:31
-
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:29
Mavzuga oid

10:29
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

11:38 / 25.04.2025
“Oyog‘i kuygan 1,5 yashar qizcha ishi”: Popdagi bog‘cha noqonuniy tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi

16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi

15:31 / 24.04.2025