20:50 / 21.10.2022
14145

EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi

Joriy yil 21 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Devxona konidagi 4-sonli quduqda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangach, undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun quduq bugun gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya me’yorlariga rioya qilingan holda olib borilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top