08:16 / 22.10.2022
12299

Ukraina ikki oblastdagi 600 dan ortiq aholi punktlarini ozod qildi

Ukraina Qurolli kuchlari Xerson oblastidagi 88 ta aholi punktini va Xarkiv oblastidagi 551 ta aholi punktini rossiyaliklardan ozod qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko brifingda aytib o‘tdi. 

Foto: Getty Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, deokkupatsiya qilingan barcha hududlarda muhim infratuzilmani tiklash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Avvalroq Ukraina armiyasida olti haftalik vaqt borligi, bu vaqt ichida ular Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi janubda va shimoli-sharqda hujumlarini davom ettirib muvaffaqiyat qozonsa, ob-havo sharoiti qarama-qarshi kuchlarni to‘xtatib, qayta to‘planishga majbur qilishi xabar berilgandi. Amerika razvedkasining bunday baholari The New York Times (NYT) gazetasida keltirilgan. 

Amerika tomonining fikricha, Rossiya kuchlarining keng miqyosdagi mag‘lubiyati ehtimoli, o‘tgan oyda bo‘lgani kabi, Ukrainaga hududning muhim qismini qaytarishga imkon beradi. Biroq, Rossiyaning alohida bo‘linmalari Ukraina qo‘shinlari hujumi ostida o‘z pozitsiyalaridan voz kechishi mumkin, bu esa Kiyevga Donbass shaharlarini qaytarib olishda davom etish va, ehtimol, Xersonni qaytarish imkonini beradi, deb yozadi NYT.

Bundan oldin Urushni o‘rganish instituti Rossiya tomoni Ukraina shimoli-sharqi va janubida davom etayotgan yo‘qotishlar fonida kamida bitta sektorda muvaffaqiyatga erishish uchun Baxmut mintaqasidagi olg‘a siljish haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirishda davom etayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top