Xitoy sobiq raisining Kommunistik partiya yig‘ilishidan chiqarib yuborilishiga izoh berildi

Foto: AFP
Xitoyning sobiq raisi, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qo‘mitasining sobiq bosh kotibi Hu Jintao partiya qurultoyining yopilish marosimini «o‘zini yomon his qilgani» tufayli tark etgani aytildi.
Xitoyning «Sinxua» davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, janob Xu sog‘lig‘idagi muammo tufayli zaldan olib chiqilgan.
«Hu Jintao yakuniy yig‘ilishda qatnashishni talab qilgan, garchi unga kuchini tiklab olish uchun vaqt kerak bo‘lsa ham», — deyiladi agentlik bayonotida.
«Yig‘ilishda u o‘zini yomon his qilgan, xodimlar uning sog‘lig‘idan xavotirlanib, dam olish uchun zal yonidagi xonaga kuzatib qo‘yishgan. Hozir u ancha yaxshi», - deb xabar berdi «Sinxua».
Marosim zalidan olingan videoga ko‘ra, xodim 79 yoshli Hu Jintaoni qo‘lidan ushlab olmoqchi bo‘lgan, biroq u bunga xohish bildirmagan. Keyin xodim Huning qo‘ltig‘idan ushlab, ikki qo‘li bilan ko‘tarmoqchi bo‘ladi.
Shundan so‘ng Xu amaldagi rais Si Jinping va bosh vazir Li Kechiang bilan bir daqiqacha suhbatlashdi. So‘ngra uni zaldan chiqarib yuborishdi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida bu voqea muhokama qilinmadi. Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida esa bu voqea senzuraga uchragan bo‘lishi mumkin.
Hu Jintao 2002—2012 yillarda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi, 2003—2013 yillarda esa Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimlarida ishlagan. Si Jinping ikkala lavozimda ham uning o‘rnini egalladi.
22 oktabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasining (XKP) XX milliy qurultoyi o‘z ishini yakunladi. Unda, kutilganidek, XKP Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi, 69 yoshli Si Jinping, uchinchi muddatga qayta saylandi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
-
Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar - fotosuratlar
Jahon | 12:47
-
«Real»da kambek, Shomurodov va «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari
Sport | 11:58
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
Mavzuga oid

18:19 / 28.03.2025
Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

18:11 / 27.03.2025
TikTok egasi Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

14:33 / 27.03.2025